O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tennischilarimizning muvaffaqiyatlari

2016-08-31 | Sport

Tennis bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zolari Xitoy va Qozog‘istondagi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) tomonidan Xitoyda o‘tkazilayotgan turnirda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Nigina Abduraimova yakkalik bahslarining ilk uchrashuvida mezbon tennischi Ziyuye Sunga qarshi kortga chiqib, 2:6, 7:5, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi. Iste’dodli sportchimiz Sabina Sharipova xitoylik Xao Chen Tangni 6:1, 4:6, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. 

Navbatdagi bosqichda Nigina yana bir xitoylik tennischi – Yukun Jang, Sabina Xitoy Taypeyi vakili Chiyeh-Yu Xsuga qarshi kortga chiqadi. 

Qozog‘istonda o‘tayotgan musobaqaning yakkalik bahslarida yosh tennischilarimiz Arina Fols va Polina Merenkova ilk davrada g‘alaba qozondi. Ikkinchi davrada A.Fols va P.Merenkova rossiyalik Anna Kalinskaya va Veronika Kudermetova bilan kuch sinashadi. 

Xalqaro turnirning juftlik bahslarida Arina Fols qozog‘istonlik Aleksandra Grinchishina bilan birga rossiyalik Diana Shevchenko hamda mezbon tennischi Karina Kalkenovani mag‘lubiyatga uchratib, chorak finalga yo‘l oldi. Ushbu bosqichda Arina va Aleksandra rossiyalik tennischilar Polina Monova hamda Valeriya Saviniyxga qarshi maydonga tushadi. 

 
 

Manba: O'zA

Поделиться