O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Shvetsiya Elchisi bilan uchrashuv
2016-08-29 | Siyosat
2016 yilning 29 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Shvetsiya Qirolligining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Stokgolm shahrida) Ingrid Tersmanni qabul qildi.
Elchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yo‘llangan ishonch yorliqlarini topshirdi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Shvetsiya kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi, siyosiy, savdo-iqtisodiy va boshqa sohalardagi, shuningdek «O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi» shaklidagi ikki tomonlama munosabatlarning bosqichma-bosqich rivojlanishi istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvda ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi