O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bu uylarda yashashning gashti boshqacha
2016-08-25 | Iqtisodiyot
Prezidentimizning 2009-yil 3-avgustdagi “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida 2010-2015-yillarda 300 dan ortiq zamonaviy turar-joylar barpo etildi. Joriy yilda qurilayotgan 30 dan ziyod ana shunday uylar Vatanimiz mustaqilligining 25-yillik bayrami arafasida o‘z egalariga topshiriladi.
-Amalga oshirilayotgan bunday keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari qishloq ahlining turmush sharoitini yaxshilash bilan birga, ularning dunyoqarashi va hayotga munosabatida ham tub o‘zgarishlarga zamin yaratmoqda, - deydi Uchko‘prik tumani Mullazoir massivida bunyod etilgan yangi uy sohiblaridan biri Ahmadjon Jalolov. - Ichimlik suvi, kanalizatsiya tizimi, tabiiy gaz, qo‘yingki, insonning qulay sharoitda turmush kechirishi uchun nimaiki zarur bo‘lsa, barchasi muhayyo qilingan bu uylarda yashashning gashti boshqacha.
Manba: O'zA