O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«O‘zbekiston qahramoni» unvonini berish to‘g‘risida

2016-08-23 | Hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirish, islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasida davlat va xalq oldidagi ulkan xizmatlari, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalardagi ko‘p yillik fidokorona mehnati hamda yosh avlodni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan katta hissasi uchun quyidagilarga «O‘zbekiston Qahramoni»unvoni berilib, oliy nishon – «Oltin yulduz» medali topshirilsin:

Kurbanov Ravshanbek Davletovich

 

«Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi» aksiyadorlik jamiyati direktori

 

Rajabov  
Sharipboy

Bog‘ot tumanidagi «Bog‘ot» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Xorazm viloyati

 

Ummatov  
Erkin  
Raxmanovich

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining kapital qurilish direksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari – «Angren – Pop» elektrlashtirilgan temir yo‘l qurilishi boshlig‘i

 

Sharapova 
Muxabbat 

Arapovna

Qarshi shahridagi 2-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati


O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri, 
2016-yil 23-avgust

Поделиться