O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

120 dan ziyod xotin-qizga maishiy texnika jihozlari topshirildi

2016-08-23 | Jamiyat

Andijonda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi tomonidan “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida mustaqilligimizning 25 yillik bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Prezidentimizning shu yil 2-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Andijon tumanida tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, kasaba uyushmalari faollari, mehnat faxriylari, yoshlar ishtirok etdi. 

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi T.Norboyeva va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida aholining ijtimoiy-iqtisodiy muhofazasini yanada kuchaytirish, ayniqsa, yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xalqimizga xos bag‘rikenglik ifodasi ekanini alohida ta’kidladi. 

Tadbir doirasida Muruvvat va Saxovat uylarida yashayotgan insonlar holidan xabar olinib, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatildi. Shu bilan birga, ijtimoiy himoyaga muhtoj 120 dan ziyod xotin-qizga maishiy texnika jihozlari hamda salomatligini tiklash uchun sihatgohlarga yo‘llanmalar berildi. 

– Mamlakatimizda biz, ayollarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibordan boshimiz ko‘kka yetmoqda, – deydi “Qo‘rg‘ontepa don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati ishchisi Donoxon Uraimova. – Eng ulug‘, eng aziz bayramimiz arafasida menga salomatligimni tiklash uchun Toshkent viloyatidagi “Umid gulshani” sihatgohiga bepul yo‘llanma berildi. 

Xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va ichki ishlar xodimlari oilalariga ham moddiy yordam ko‘rsatildi. “Kasaba uyushmalari – talabalarga” aksiyasi doirasida 30 dan ortiq o‘quvchi va talabaga kasaba uyushmalari stipendiyasi sertifikatlari topshirildi. 

Bunday tadbirlar Asaka, Baliqchi, Buloqboshi tumanlarida ham o‘tkazildi. 

Поделиться