O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vatanparvarlik – yoshlarimiz hayotining uzviy qismiga aylangan

2016-08-23 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasida Vatanimiz mustaqilligining 25-yilligiga bag‘ishlab “Zamonaviy sharoitda vatanparvarlik tarbiyasini yanada yuksaltirishning dolzarb masalalari” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, farzandlarimiz ota-bobolaridan meros bo‘lib qolgan o‘z yurtini, tug‘ilgan tuprog‘ini muqaddas deb bilishi, uning ertangi yorug‘ kuni uchun butun borlig‘ini bag‘ishlashga, kerak bo‘lsa, jonini fido qilishga tayyor bo‘lishi – bularning barchasi bugun hal qiluvchi kuchga aylanib borayotgan yoshlarimiz hayotining uzviy bir qismiga aylangani hammamizga ishonch va kuch-quvvat bag‘ishlaydi. 

Bu muqaddas tuyg‘u huquqni muhofaza qiluvchi idoralarda xizmat qilayotgan, shu maqsadda ta’lim olayotgan yoshlarda yanada kuchliroq bo‘lishi zarur. Chunki ularning zimmasiga yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini saqlashdek ulkan va sharafli mas’uliyat yuklangan. 

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari A.Mirzayev va boshqalar mamlakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida kadrlar tayyorlash borasida o‘ziga xos tizim yaratilgani yetuk mutaxassislar tayyorlashda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi. 

Ichki ishlar tizimida malakali mutaxassislar tayyorlash, shaxsiy tarkibni ma’naviy jihatdan tarbiyalash, xodimlarning dunyoqarashini yuksaltirishga doimiy e’tibor qaratilmoqda. Zero, bugungi kun soha xodimlaridan yuksak professionalizm, xushmuomalalik, odamlar orasiga kirib borish, yoshlar qalbiga yo‘l topa bilishdek fazilatlarni yanada yuksaltirishni taqozo etayotir. Ana shu ruhda ta’lim-tarbiya olgan soha xodimlari nafaqat jinoyatchilikka qarshi kurashish, balki aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, voyaga yetmaganlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish kabi jamoatchilik ishlarida ham faol ishtirok etmoqda. 

Tadbirda xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish borasida fikr-mulohazalar bildirildi. 

Поделиться