O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vetnam parlamenti delegatsiyasining uchrashuvlari

2016-08-23 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida mamlakatimizga tashrif buyurgan Vetnam Milliy majlisining Fan, texnologiyalar va atrof-muhit masalalari qo‘mitasining raisi Fan Suan Zung rahbarligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Vetnam o‘rtasida savdo-iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish uchun ulkan imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi. 

Ikki mamlakat o‘rtasida parlamentlararo aloqalar mustahkamlanib bormoqda. Demokratik va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning huquqiy asoslarini o‘rganishga qaratilgan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda hamda parlament delegatsiyalari tashriflari amalga oshirilmoqda. 

Uchrashuvda tomonlar parlamentlararo aloqalarning bugungi holati hamda istiqbollarini, uni yanada rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar tashkil etish, qonun ijodkorligi bo‘yicha tajriba almashish masalalarini muhokama qildilar. 

– Men 1990-yillar boshida O‘zbekistonda ta’lim olganman, – dedi Fan Suan Zung. – O‘tgan yillar mobaynida mamlakatingiz tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketibdi. Barcha sohalardagi rivojlanish, ulkan bunyodkorlik ishlari yaqqol ko‘zga tashlanib turibdi. O‘zbekistonda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha ham izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Parlamentarizm sohasida bir-birimizdan o‘rganadigan jihatlarimiz ko‘p. Ushbu uchrashuv bu boradagi aloqalarni yanada kengaytirishga xizmat qiladi. Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston xalqini yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayrami bilan tabriklayman. 

Vetnam delegatsiyasi a’zolari mamlakatimiz Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, uning qo‘mitalari va fraksiyalari faoliyati bilan tanishtirildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida bo‘lgan uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlash, fan, ta’lim, madaniyat va turizm sohalaridagi aloqalarni rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashuvini faollashtirishga oid masalalar muhokama qilindi. 

Vetnam parlamenti delegatsiyasi O‘zbekiston bilan parlamentarizm, ta’lim, turizm va boshqa sohalardagi aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini qayd etdi. 

Поделиться