O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
2016-yilning 16-19-avgust kunlari Davlat statistika qo`mitasida “Mehnat statistikasi” mavzusida trening tashkil etildi.
2016-08-22 | Iqtisodiyot
Mazkur trening Islom davlatlari bo`yicha statistik, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar o`quv markazi (SESRIC) hamkorligida, xalqaro ekspert Xuduzade Nemat Ismail ishtirokida o`tkazildi.
Treningda Davlat statistika qo`mitasi Markaziy apparati, O`zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari, Qo`mitaning Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi xodimlari ishtirok etishdi.
Ushbu treningning asosiy maqsadi, Davlat statistika qo`mitasi xodimlari va boshqa ishtirokchilarni 19-Xalqaro mehnat statistiklari konferentsiyasida qabul qilingan mehnat faoliyati, ishchi kuchi, ish vaqti, bandlik va ishsizlik kabi tushunchalar bilan batafsil tanishtirish hamda sub`ektlar bilan bo`ladigan o`zaro mehnat statistikasi bo`yicha ma`lumotlarni to`plash, qayta ishlash va tarqatish munosabatlari bo`yicha ishtirokchilarning malaka va ko`nikmalarini oshirish, ishtirokchilarni munosib mehnat kontseptsiyasi va uning ko`rsatkichlarini hisoblash, milliy darajada ishchi kuchi tanlama kuzatuvini o`tkazish usullari, mehnat statistikasi bo`yicha eski va yangi halqaro standartlarni o`rganish, shuningdek xalqaro miqyosida solishtirish uchun mehnat qiymati indeksini hisob-kitob qilishni takomillashtirish yo`llari bilan tanishishiga imkoniyat yaratishdan iborat.
Trening doirasida mavzu yuzasidan munozara va muhokamalar o`tkazildi hamda mehnat statistikasini yuritish sohasida tajribalar almashildi.