O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mamlakatimizda 20-avgust kuni erta tongdan umumxalq xayriya hashari boshlandi

2016-08-21 | Jamiyat

Vatanimiz mustaqilligining 25-yillik bayrami oldidan “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida mamlakatimiz bo‘ylab obodonlashtirish va tozalik oyligi davom etmoqda.

Mamlakatimizda 20-avgust kuni erta tongdan umumxalq xayriya hashari boshlandi

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mustaqillik yillarida qadimiy an’ana va qadriyatlarimiz yangicha ma’no va mazmun bilan boyidi. “Obodlik ko‘ngildan boshlanadi”, degan hikmat xalqimiz orasida keng tarqalib, ezgu da’vatga aylandi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-avgustdagi farmoyishi asosida tashkil etilgan umumxalq xayriya hasharida xalqimizning bag‘rikenglik, hamjihatlik, insonparvarlik, o‘zaro hurmat, poklik va ozodalikni saqlash kabi olijanob fazilatlari yana bir bor namoyon bo‘lmoqda. 

20-21-avgust – hashar kunlari hududlardagi turar joy dahalari va mahallalarda gul ko‘chatlari ekig, daraxtlarni butalash, ko‘chalar, yo‘laklarni tartibga keltirish, qurilish va maishiy chiqindilarni belgilangan joyga olib chiqish, aholi yashash punktlari, ko‘p qavatli bino va hovlilar atrofi, guzar, xiyobon, ziyoratgohlar, qabristonlar, ariq va lotoklarni, shuningdek, bolalar maydonchalarini tartibga keltirish ishlari bajariladi. 

Keksa va nogironlar, yolg‘iz qariyalar, boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand oilalarning uy-joy sharoitini yaxshilashga ko‘maklashilmoqda. Bu xayrli yumushlarda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, korxona va tashkilotlar xodimlari, keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etayotir. 

 
14.jpg 

– Bunyodkorlik, saranjom-sarishtalik, poklik, tozalik xalqimizning qon-qoniga singib ketgan ezgu fazilatdir, – deydi Yakkasaroy tumanidagi Qushbegi mahallasida yashovchi Diyor Mavlonov. – Mahallalarda yetti yoshdan yetmish yoshgacha barcha bir jonu bir tan bo‘lib hashar o‘tkazishi fayzli hayotimiz, obodlik va yaratuvchilikka intilishimiz, tinchlik-totuvlik, ezgulikni qadrlashimizning muhim ifodasidir. Ko‘chalar, yo‘laklar, bolalar o‘yin maydonchalari tartibga keltirilmoqda. Zotan, ozoda joyda qut-baraka bo‘ladi, rivojlanish bo‘ladi. 

Hashar davomida mamlakatimizning turli hududlarida yangi-yangi mahalla guzarlari, maishiy savdo va servis shahobchalari, oilaviy poliklinikalar, ta’lim muassasalari, bolalar maydonchalari, qishloq vrachlik punktlari va boshqa turdagi o‘nlab obyektlar foydalanishga topshiriladi. 

Manba: O'zA

Поделиться