O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bektemir Meliqo‘ziyev – kumush medal sohibi!

2016-08-21 | Sport

Bektemir Meliqo‘ziyev – kumush medal sohibi!

O‘zbekistonlik tajribali bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev Rio-de-Janeyro shahrida o‘tayotgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritdi.

O‘smirlar o‘rtasida Osiyo va jahon chempioni, II o‘smirlar Olimpiadasi g‘olibi, kattalar o‘rtasida Osiyo chempioni, jahon chempionati sovrindori Bektemir Meliqo‘ziyev XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarining boks bo‘yicha vazni 75 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar bahsida O‘zbekiston sport delegatsiyasi hisobiga navbatdagi kumush medalni keltirdi. 

U finalga qadar kechgan bahslarda avstraliyalik Daniel Jeyson L’yuisni, hindistonlik Krishan Vikashni, meksikalik Misael Uziyel Rodrigezni mag‘lubiyatga uchratdi.

Manba: O'zA

Поделиться