O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Markaziy saylov komissiyasining majlisi
2016-08-19 | Siyosat
Shu yilning 19-avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo’lib o’tdi. Uni Komissiya raisi M.Abdusalomov boshqardi.
Majlisda viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalarining faoliyatini yanada takomillashtirish bo’yicha tadbirlar kompleks rejasi tasdiqlandi.
Ta’kidlanganidek, tadbirlar viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalari normativ-huquqiy hujjatlarini takomillashtirishga, shuningdek saylov qonunchiligining asosiy me’yorlari va qoidalarini keng jamoatchilikka etkazishga qaratilgandir.
Komissiya a’zolari O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi R.Norbo’taevning vakolatini muddatidan ilgari tugatish masalasini ham ko’rib chiqdilar.
Muhokama etilgan masalalar bo’yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.