O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonda davlat arxivlari sig‘imi 2 million 500 ming saqlov birligiga ortgan

2016-08-19 | Jamiyat

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan madaniy merosni saqlashda arxiv, muzey va kutubxonalarning o‘zaro hamkorligi masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Agentlik bosh direktori o‘rinbosari D.Ko‘charova va boshqalar O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq, muhofaza etiladigan tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o‘zgacha madaniy qimmatga ega madaniy yodgorliklar tarkibiga kiruvchi kartografiya, fotografiya materiallari, kinofilmlar, audio va video yozuvlar, arxiv, qo‘lyozma va chizma hujjatlarni arxiv muassasalarida tizimli asosda jamlash, hisobini olib borish, saqlash hamda foydalanishni tashkil etish masalalari, bu borada arxiv, muzey va kutubxonalarning o‘zaro hamkorligi xususida so‘z yuritdi. 

“O‘zarxiv” agentligining yuzdan ziyod davlat arxivida 37 ming 700 dan ortiq fond mavjud, ular tarkibida 12 million 600 ming saqlov birligida arxiv hujjatlari jamlangan. 

Madaniy merosni saqlash va ulardan foydalanishda qulayliklar yaratish maqsadida mamlakatimizda 22 yangi davlat arxivi binosi qurilgan, 5 davlat arxivi binosi to‘liq rekonstruksiyadan chiqarilgan. Natijada davlat arxivlari sig‘imdorligi 2 million 500 ming saqlov birligiga ortgan. 

Alohida qimmatli hujjatlarning elektron nusxalarini yaratish ishlari davom etmoqda. Hozirga qadar davlat arxivlaridagi alohida qimmatli hujjatlarni elektronlashtirish darajasi 35 foizga yetgan. 

Xorijiy mamlakatlardan 9 kino, 2 ming 500 dan ziyod tarixiy, ilmiy, siyosiy, madaniy hujjatning nusxalari olib kelingan. 

Joriy yilda Agentlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi saqlovida bo‘lgan 1200 dan ortiq alohida qimmatli hujjatni YuNESKO Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritish ustida ish olib borilmoqda. 

Tadbirda jurnalistlarning savollariga mutaxassislar javob qaytardi. 

 

Поделиться