O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mamlakatimizda joriy yilda 484 milliard so‘mlik charmpoyabzal mahsulotlari ishlab chiqariladi

2016-08-19 | Iqtisodiyot

Milliy matbuot markazida “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi tomonidan mamlakatimizda charmpoyabzal sohasini rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va ularning samaralariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari Sh.Sheraliyev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida charmpoyabzal, charm-attorlik mahsulotlarini ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar istiqlol yillarida mamlakatimizda xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlashga yo‘naltirilgan mazkur sanoat tarmog‘ining izchil rivojlanishida muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi. 

Bugungi kunda mamlakatimizda qariyb 770 ishlab chiqarish korxonasi ushbu yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular tomonidan teri xomashyosi qayta ishlanib, qo‘shimcha qiymatga ega poyabzal va ularning tagliklari, charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. 

2000-yilda 8 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkichni 484 milliard so‘mga yetkazish ko‘zda tutilgan. 2000-yilda yillik poyabzal ishlab chiqarish hajmi bir million besh ming juftni tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yilda mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari ushbu raqamni 8 million 800 ming juftga yetkazishni rejalashtirgan. 

Har yili soha korxonalari tomonidan 500 dan ortiq poyabzal, 100 dan ziyod charm-attorlik, 50 ga yaqin yangi modeldagi charm mahsulotlari yaratilib, ishlab chiqarishga joriy qilinmoqda. 

Mahalliylashtirish dasturi doirasida sanoat korxonalari hamda ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda sohaga import qilinayotgan sakson turdan ziyod xomashyo, material hamda tayyor mahsulotlar mahalliy xomashyo hisobiga ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi. Bu yiliga 34-40 million dollarlik mablag‘ni tejab qolish imkonini bermoqda. 

Eksport geografiyasi kengayib, hozirgi vaqtda tarmoq mahsulotlari Italiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Xitoy, Pokiston, Hindiston, Rossiya, Qozog‘iston singari o‘ndan ziyod mamlakatga eksport qilinmoqda. Joriy yilning oxirigacha eksport hajmini qariyb 200 million dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan. 

– 2016-2020-yillarda tarmoqda 82 investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan, – deydi uyushma boshqarma boshlig‘i M.Vohidov. – Bu 2020-yilga borib eksport geografiyasini yanada kengaytirish, qo‘shimcha qiymatga ega, raqobatbardosh tayyor mahsulotlar hajmi oshirilishini ta’minlaydi. Xususan, xorijga eksport qilinayotgan mahsulotlarning 60 foizdan ortig‘ini tayyor mahsulotlar tashkil etadi. 

Matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga mutaxassislar javob qaytardi. 

Поделиться