O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tinchlik – eng bebaho ne’mat

2016-08-19 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida “O‘zbekistonda mustaqillik yillarida tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga oid huquqiy asoslarning rivojlanishi” mavzuida seminar tashkil etildi.

Vatanimiz mustaqilligining 25-yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda senatorlar, deputatlar, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mas’ul xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurti hamda Yong‘in xavfsizligi oliy texnika maktabi o‘qituvchi va kursantlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

Parlament quyi palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Rahmonov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mustaqilligimizning ilk kunlaridan boshlab jamiyatimizda barqarorlikni ta’minlash, fuqarolarimizning tinchligi va osoyishtaligini asrash asosiy vazifalardan biriga aylanganini ta’kidladi. 

Tinchlik eng bebaho ne’matdir. Zero, tinchlik va osoyishtalik barqaror bo‘lgan yurtdagina islohotlar kutilgan samarani beradi, odamlar o‘z hayotidan rozi bo‘lib, kelajagiga ishonib yashaydi. 

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Mudofaa to‘g‘risida”, “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”, “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizlik konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi va boshqa qator qonunlar mamlakatimizda tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikni ta’minlashning, fuqarolar, turli millat va elatlar o‘rtasidagi ahillik, hamjihatlikning, xalqimiz baxtli hayotining muhim omili bo‘lib xizmat qilmoqda. 

Mamlakatimizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lidagi izchil islohotlar yuksak samara berayotir. Yangi-yangi sanoat korxonalari qurilmoqda, shahar va qishloqlarimiz qiyofasi tubdan o‘zgarmoqda, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, sport obyektlari barpo etilmoqda, aholi turmush darajasi yuksalmoqda. 

Seminarda jamiyatda barqarorlikni yanada mustahkamlash, istiqlol yillarida O‘zbekiston Respublikasi huquq-tartibot organlari shakllangani, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, mamlakatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda huquq-tartibot organlarining o‘rni va roli to‘g‘risida ma’ruzalar qilindi. 

Поделиться