O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“O‘zbekistonda suv resurslarini milliy boshqarish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hukumatlararo kelishuv imzolandi
2016-08-19 | Iqtisodiyot
O‘zbekiston va Shveysariya o‘rtasida joriy yilning 16 avgust kuni “O‘zbekistonda suv resurslarini milliy boshqarish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hukumatlararo kelishuv imzolandi.
Shveysariya Konfederatsiyasi tomonidan moliyalashtirilayotgan, umumiy qiymati 2,66 million AQSH dollarini tashkil qiladigan mazkur grant loyiha O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda 2016-2018 yillar mobaynida amalga oshiriladi.
Loyiha to‘rtta: suv resurlarini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish va sohadagi qonunchilikni takomillashtirishga ko‘maklashish; suv xo‘jaligi tashkilotlarining institutsional salohiyatini oshirish; suv bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratishga ko‘maklashish; Shohimardonsoy havzasida aholini sel kelish xavfidan ertaroq ogoh etuvchi tizimni o‘rnatish yo‘nalishlarida amalga oshiriladi.
Hukumatlararo kelishuvni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Shavkat Xamrayev hamda Shveysariyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisining o‘rinbosari T’erri Umber imzoladilar.