O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Taraqqiyot bosqichlari ijodkorlar nigohida

2016-08-19 | Jamiyat

An’anaviy o‘tkazib kelinayotgan “Eng ulug‘, eng aziz” respublika ko‘rik-tanlovi Vatanimiz mustaqil taraqqiyot yo‘lining zalvorli yutuqlarini keng targ‘ib etish, ularning mohiyatini oddiy, hayotiy misollarda ochib berish, faol ijodkorlarni rag‘batlantirishga xizmat qilayotir.

Davlatimiz rahbarining shu yil 2-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq bu yilgi tanlovga taqdim etilgan ishlarda “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” degan ezgu g‘oya o‘z aksini topgan. 

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan “Eng ulug‘, eng aziz” tanlovining joriy yilgi g‘oliblarini taqdirlash marosimida senatorlar, deputatlar, turli vazirlik va idoralar, ijodiy va jamoat tashkilotlari vakillari, adabiyot va san’at namoyandalari, ma’naviyat targ‘ibotchilari, jurnalistlar ishtirok etdi. 

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori O.Yunusov, Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari G.Alimova, Yozuvchilar uyushmasi raisi M.Ahmedov, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi raisi I.Latipov, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari O‘.Mirzayorov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ijodkorlarning erkin va samarali mehnat qilishi, iqtidorini to‘la namoyon etishi, odamlar qalbiga yetib boruvchi, ularning tafakkurini boyituvchi yuksak badiiy asarlar yaratishi har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotganini alohida ta’kidladi. 

Ommaviy axborot vositalarini yanada liberallashtirish, so‘z erkinligini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli tashkiliy chora-tadbirlar, qabul qilingan qonunchilik hujjatlari jurnalistlarning erkin faoliyat yuritishi, axborot olishi, matbuotimizning mustaqil bo‘lishini ta’minlamoqda. 

Milliy adabiyot, madaniyat va san’atimizni ravnaq toptirish, uning o‘ziga xos maktab va an’analarini rivojlantirish yo‘lida ko‘rsatilayotgan cheksiz e’tibor va g‘amxo‘rlik xalqimiz, ayniqsa, navqiron avlod ma’naviyatini yuksaltirish, istiqlol yillarida ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda erishgan yutuqlarimizni jahonga namoyon etishdek ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda. 

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, Yozuvchilar uyushmasi, Milliy teleradiokompaniya, “O‘zbekkino” milliy agentligi, Badiiy akademiya, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamkorligida tashkil etilgan “Eng ulug‘, eng aziz” ko‘rik-tanloviga taqdim etilgan ijodiy ishlarda bu yaqqol ifodasini topgan. 

Tanlovning mamlakat bosqichiga adabiyot, bosma va elektron ommaviy axborot vositalari, tasviriy san’at, fotografiya, dizayn, kino yo‘nalishlari bo‘yicha 390 ga yaqin ijodkordan 4 ming ish qabul qilindi. Taqdim etilgan asarlarni baholashda ularda mamlakatimiz tarixida yangi sahifa ochgan Vatanimiz mustaqilligining 25-yilligi ayyomi shukuhi, o‘tgan davr mobaynida shahar va qishloqlarimiz qiyofasi tobora ochilib, go‘zal bo‘lib borayotgani, shu zaminda yashayotgan insonlarning kayfiyati, bugungi hayotdan roziligi, ertangi kunga ishonchini, barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati va ahamiyatini xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodga hayotiy, ta’sirchan, sodda va ayni damda samimiy, o‘ziga xos ijodiy yondashuv asosida ochib berilganiga e’tibor qaratildi. 

– Prezidentimiz rahnamoligida xalqimizning bunyodkorlik salohiyati, matonati tufayli qo‘lga kiritilayotgan, butun dunyoda e’tirof etilayotgan ulkan yutuqlardan har qaysimiz faxrlanib, boshimizni baland ko‘tarib yashashga haqlimiz, – deydi tanlov g‘olibi, “Urganch haqiqati” gazetasi bosh muharriri Sotimboy Avezov. – Bunday muvaffaqiyatlarning barqaror va bardavom bo‘lishi uchun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga o‘z hissamizni qo‘shib yashash – bularning hammasini tarannum etish biz, ijodkorlarning asosiy vazifamiz, fuqarolik burchimizdir. 

Mukofotlanganlar mamlakatimizda ijod ahlini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, samarali mehnat qilishi uchun barcha zarur sharoit va imkoniyatlarni yaratish borasida ko‘rsatayotgan yuksak e’tibori uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi. 

G‘olib va sovrindorlarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. 

 
 

Поделиться