O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kattaqo‘rg‘on tumani Mo‘minxo‘ja mahallasida zamonaviy mahalla markazi barpo etildi

2016-08-19 | Jamiyat

Vatanimiz mustaqilligining yigirma besh yilligi arafasida Samarqand viloyati shahar va qishloqlarida ham ko‘plab madaniy-maishiy inshootlar, ta’lim va tibbiyot muassasalari, turar joylar foydalanishga topshirilmoqda.

Kattaqo‘rg‘on tumani Mo‘minxo‘ja mahallasida bunyod etilgan zamonaviy mahalla markazi qishloq ahli uchun ana shunday bayram tuhfasi bo‘ldi. 

Prezidentimiz rahnamoligida qishloq infratuzilmasini rivojlantirish, aholi uchun har tomonlama qulay turmush sharoiti yaratish, ta’lim va tibbiyot muassasalari barpo etish, zamonaviy servis xizmatlari ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishi, zamonaviy sport inshootlari bunyod etilishi hududlar qiyofasini butunlay o‘zgartirib, xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda. 

“Mo‘minxo‘ja” mahalla fuqarolar yig‘ini binosi, qishloq vrachlik punkti, nuroniylar choyxonasi, novvoyxona, muzqaymoq pavilyoni, minifutbol stadioni, “Go‘zallik saloni”, dorixona va savdo do‘konlaridan iborat markazning ochilish marosimida istiqlol tufayli hayotimizda ro‘y berayotgan ulkan o‘zgarish va yangilanishlar haqida so‘z yuritildi. 

– Bir yilda shunday katta hajmdagi bunyodkorlik ishlarini bajarish bundan 25-yil oldin ushalmas orzu, katta armon edi, – deydi mahalla faoli Toshtemir Yo‘ldoshev. – Chunki sobiq tuzum davrida qishloqlarda davlat e’tibori bilan bunday keng ko‘lamli qurilish ishlari bo‘lishini tasavvurga sig‘dirib bo‘lmasdi. Bugun esa mamlakatimizdagi har bir mahalla, qishloq ana shunday qiyofaga kirmoqda. Qisqa vaqtda mahallamiz markazida aholiga zamon talablari darajasida xizmat ko‘rsatish, mushkulini oson qilish maqsadida qurilgan ushbu bino va inshootlar hududni yanada obod va ko‘rkam maskanga aylantirdi. Butun mahallamiz ahli davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rlikdan xursand. 

Bunyodkorlik ishlari jarayonida 4 ming 300 dan ortiq mo‘minxo‘jaliklarga tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi qishloq vrachlik punkti uchun zamonaviy asbob-uskuna va jihozlar berildi. Qishloqning ichki yo‘llari, ichimlik suvi tarmog‘i ta’mirlandi. 

Markazni foydalanishga topshirish marosimi mahallaning mustaqillik bayrami tantanalariga ulanib ketdi. Taniqli san’atkorlar tomonidan konsert namoyish etildi. 

Tadbirda Samarqand viloyati hokimi Z.Mirzayev so‘zga chiqdi. 

Поделиться