O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Avtotransport parki yangilanmoqda

2016-08-19 | Jamiyat

Bugungi kunda respublikamizda keng ko‘lamda qurilish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish hamda infratuzilmalarni rivojlantirish Dasturining ijrosi doirasida avtomobil transporti sohasida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Toshkent viloyati, Bekobod shahridagi “Bekobod” TEK o‘z parkini yana bir zamonaviy avtotransport vositasi bilan kengaytirdi.

“Bekobod” TEK korxonasining shahar va shahar atrofi yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatish uchun litsenziyalari mavjud bo‘lib, xozirgi kunda Samarqand shahrida ishlab chiqarilgan “MAN” rusumli 1 dona yuk avtotransport vositasini kredit asosida 266,0 mln. so‘mga xarid qilib oldi.

Korxonada yangi sotib olingan avtotransport vositasida mijozlarga buyurtma asosida xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish bilan bir qatorda yangi 1 ta ish o‘rnini xam yaratildi.

Kelgusida mijozlarning buyurtmalariga qarab korxona yana yangi 2 dona yuk tashuvchi “MAN” rusumli avtotransport vositalarini sotib olishni rejalashtirgan.

Toshkent viloyati O’rtachirchiq tumanida joylashgan “Alfa trans” Mas’uliyati cheklangan jamiyati xam yangi yuk avtotransport vositasini xarid qildi.

“Alfa trans” Mas’uliyati cheklangan jamiyati mijozlarga yuk tashish xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish va xizmatlar ko‘lamini kengaytirish maqsadida, Samarqand shahrida ishlab chiqarilayotgan MAN TGS 19.400 rusumli yuk tashuvchi avtotransport vositasini 3 yil muddatga o‘n uch foizli lizing asosida 370,0 mln so‘mga sotib oldi. Ushbu yangi avtotrasport vositasi sotib olinishi natijasida tashkilotga bitta malakali xaydovchi ishga jalb qilindi va ishchi o‘rinlari soni bittaga ko‘paydi.

Bu xayrli ish bilan korxona tomonidan mijozlarga yuk tashish xizmatlari ko‘rsatishning sifati oshdi va xizmatlar ko‘lami kengaydi.

Shuningdek, Surxondaryo viloyatidagi yo‘lovchi tashuvchi korxonalar tomonidan 2016-yil 29-iyul kuni Samarqad avtomobil zavodining Surxondaryo viloyatidagi dilleri bilan 65 ta zamonaviy ISUZU rusumli avtobus sotib olish uchun shartnomalar tuzilganligini ham ma’lum qilamiz.

Поделиться