O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ochiq muloqot raqamlari: Sergeli tumani

2016-08-19 | Iqtisodiyot

2016-yil 10-avgust kuni “Toshkent” teleradiokanalida Sergeli tumani hokimi va hokimlik mutasaddilari ishtirokida “Ochiq muloqot” ko'rsatuvi to'g'ridan–to'g'ri efirga uzatildi.

Efir vaqtida Sergeli tumanida istiqomat qiluvchi aholidan 214-16-97,  214-16-98,  214-16-99 telefonlari orqali 55 ta, shuningdek, +99897 704-17-88 telefoniga ijtimoiy tarmoqlardan  15 ta savol, va 1ta murojaat xat kelib tushdi.  Savollarning qariyb 20 foizi jonli efir vaqtida o'qib eshittirildi va tuman hokimi va mutasaddilardan atroflicha javob olindi.          

“Ochiq muloqot”ko'rsatuviga Sergeli tumani bo'yicha jami 71 ta murojaat kelib tushgan bo'lib, mazmun jihatdan quyidagi yo'nalishlarga ajratish mumkin:   

Yo'llarning ta'mirtalabligi bo'yicha                               34%

Ko'p qavatli uylarning tom qismi bo'yicha                   6.8%

Suv muammosi bo'yicha                                             2.7%

Oqova suv tarmoqlarini o'tkazish haqida                    9.4%

Elektr energiyasi ta'minotiga oid                                13.7%

Bolalar maydonchasi bo'yicha                                    8%

Chiqindi muammosi bo'yicha                                      5.4%

Minnatdorchilik                                                           7%

Boshqa mazmundagi murojaatlar                              13% 

Eslatib o'tamiz efir vaqti chegaralangani bois, ko'rib chiqishga ulgurilmagan savollar hokimlik mutasaddilariga topshirildi. Ya'ni, ma'lum muddat o'tgach aynan ushbu savollarda tuman aholisi tomonidan ko'tarilgan masalalar qay darajada bartaraf etilgani o'rganiladi va natijalar bo'yicha “Toshkent”  teleradiokanali  “Ochiq muloqot”dan so‘ng”  ko'rsatuvini tayyorlab teletomoshabinlar e'tiboriga havola qilishni rejalashtirgan. 

Поделиться