O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalqaro turnir
2016-08-19 | Sport
Beshariq tumani Rapqon qishlog’idagi BO’SM da mustaqilligimizning 25 yilligiga bag’ishlab “Go’zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido O’zbekistonim!” shiori ostida boks bo’yicha 2002-2003-yillarda tug’ilgan o’smirlar o’rtasida an’anaviy VII-xalqaro turnir o’tkazildi.
Unda respublikamizning barcha viloyatlari hamda qo’shni Qozog’iston Respublikasidan 200 nafardan ziyod sportchilar ishtirok etdi, 16 ta vazn toifasida o’zaro kuch sinashdi.
Quvonarlisi shundaki, 16 nafar g’olibning 8 nafari viloyatimiz vakillaridir. “Rapqon” boks maktabi tarbiyalanuvchisi Jamshid Ergashev, qo’qonlik Avazbek Yo’ldoshev, Farg’ona shahridan Muhammadqodir Mo’minjonov va Mirjalol Tojievlar barcha raqiblarni mag’lub etishdi. Turnirda respublikamizning eng kuchli bokschilari ishtirok etdi. G’oliblikni qo’lga kiritgan 8 nafar vakillarimiz O’zbekiston o’smirlar terma jamoasi tarkibiga qabul qilindi.
Umumjamoa hisobida viloyatimiz terma jamoasiga birinchi, andijonliklarga ikkinchi, buxoroliklarga uchinchi va Chimkent viloyati vakillariga to’rtinchi o’rin nasib etdi.
G’oliblarga Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi viloyat bo’limi va tuman hokimligining diplom, medal, qimmatbaho sovg’alari topshirildi.
Xalqaro turnirning taqdirlash marosimida senatorlar P. Matkarimov, Sh. Yo’ldoshev, tuman BO’SM direktori, R. Majidovlar qatnashib, g’oliblar va barcha yig’ilganlarni mustaqilligimizning qutlug’ 25 yillik bayrami bilan muborakbod etishdi.