O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

14 nafar tanlov g‘oliblari Britaniyada malaka oshirmoqda

2016-08-19 | Ta’lim

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi «Chet tillarni o`rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to`g`risida»gi PQ-1875 sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirining 2016-yil 27-yanvardagi 35-sonli buyrug`iga asosan, O`zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari ingliz tili o`qituvchilari o`rtasida «Eng yaxshi ingliz tili o`qituvchisi» tanlovi «Iste’dod» jamg`armasida tashkil etildi.

Yakuniy natijalarga ko`ra eng yuqori ball to`plagan 14 nafar ingliz tili o`qituvchilari tanlovining g`oliblari bo`lib, joriy yilning 9 – 23 avgust kunlari Buyuk Britaniyaning Norvich til o`qitish institutida qisqa muddatli malaka oshirish kursida qatnashib o`z bilim va malakalarini yanada takomillashtirishmoqda.

Ushbu malaka oshirish kursi O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan moliyalashtirilib, ayni paytda ingliz tili o`qituvchilarimiz uchun Norvich til o`qitish institutida “Material Design”, “Trainer Development” va “Language awareness” kabi mavzu yo`nalishlarida institutning professorlari va malakali trenerlari tomonidan mashg`ulotlar jarayoni qizg`in davom etmoqda.

 

  

Поделиться