O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qonun ijodkorligida o‘rni va mas’uliyati

2016-08-19 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyat Adliya boshqarmasida mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining qonun ijodkorligi, qabul qilingan qonunlarni ijrochilar va aholiga yetkazish, shuningdek ularning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish yuzasidan o‘rni va mas’uliyatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Adliya vazirligi mas’ul xodimlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ushbu masalaga mas’ul mansabdor shaxslari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda davlat boshqaruvi hududiy organlarining yuridik xizmati xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Seminarda bugungi kunda jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash jarayonida mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratib kelinayotganligi, qonunlarning xalqchil, xayotiy bo‘lishi ularning ijrosi ta’minlanishi ko‘p jixatdan joylardagi maxalliy davlat hokimiyati organlarining xalqning ichiga kirib borishi, mavjud muammolarni aniqlashi va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli idoralarga takliflar tayyorlashi va kiritishiga bog‘liqligi xaqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining asosiy vazifalaridan biri ham norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti sohasida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, qonun ustuvorligini, davlat va jamiyat qurilishi sohasida qonuniylikni ta’minlashga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish hisoblanishi va bu yo‘nalishda vazirlik tomonidan tizimli ravishda izchil faoliyat olib borilishi xaqida ta’kidlandi.

Bundan tashqari, Qashqadaryo viloyatida qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlashda viloyat hokimligi va viloyat Adliya boshqarmasi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilganligi, xususan, o‘tgan davr mobaynida, O‘zbekiston Respublikasinig Jinoyat va MJtK kodekslariga, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar

 

tayyorlanganligi, shu bilan birgalikda tadbirda mazkur yo‘nalishdagi muammoli masalalarni bartaraf etish va bu yo‘nalishda namunaviy tizim tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish xamda unda bir qator tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan bir qator takliflar o‘rtaga tashlandi. Xususan, qonunlarning ijrosini ta’minlashda yuridik xizmatning rolini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rish maqsadga muvofiqligi aytib o‘tildi.

Baxs va munozaralar bilan o‘tgan ushbu tadbirda ishtirokchilar kerakli ma’lumotlarni oldilar.

Поделиться