O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Joriy yilning olti oyida Qoraqalpog‘iston respublikasidagi 513 fermer xo‘jaligida qo‘shimcha tarmoqlar tashkil etildi

2016-08-19 | Iqtisodiyot

Nukusda “Fermerlik harakati – qishloqlarimizning yanada rivojlanishida hal qiluvchi ijtimoiy-siyosiy kuch” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirda deputatlar, fermerlar, soliq va bank tizimi xodimlari, Qoraqalpog‘iston Fermerlar kengashi vakillari, jurnalistlar ishtirok etdi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mita raisi S.Turmanov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida agrar sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar tufayli fermer xo‘jaliklari qishloqda yetakchi kuchga aylanayotganini ta’kidladi. O‘zbekiston Respublikasining "Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida"gi qonuni, davlatimiz rahbarining 2012-yil 22-oktabrdagi "O‘zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni bu borada mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotir. 

Joriy yilning o‘tgan davrida Qoraqalpog‘iston Fermerlar kengashi tomonidan fermerlar manfaati himoya qilinib, xo‘jalik sudlariga 3 milliard 69 million so‘mlik 130 da’vo arizasi kiritilgan. Fermer xo‘jaliklarining 486 million so‘mlik debitor qarzlari undirilishiga ko‘maklashilgan. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tgan yili 1 ming 759 fermer xo‘jaligi ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligiga aylantirilib, 9 ming 513 yangi ish o‘rni yaratilgan. Joriy yilning dastlabki olti oyida 513 fermer xo‘jaligida chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha qo‘shimcha tarmoqlar tashkil etilgan. Fermer xo‘jaliklari qoshida meva-sabzavot, go‘sht, baliq mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan zamonaviy korxonalar tashkil etilayotgani qishloq joylarda ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini berayotir. 

– Istiqlolning dastlabki yillaridagi fermer bilan bugungi fermerni taqqoslab bo‘lmaydi, – deydi Nukus tumanidagi "Dami ota" fermer xo‘jaligi rahbari O‘rozboy To‘lepov. – Bugun fermer nafaqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, balki iqtisodchi, hisobchi, mirob, tadbirkor, kerak bo‘lsa, huquqshunos hamdir. 

Tadbirda Prezidentimizning joriy yil 12-apreldagi "Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni yanada ko‘paytirish, fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy barqarorligini ta’minlash kabi masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. 

Tadbir doirasida fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. 

Поделиться