O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«Qishloq qurilish bank» tomonidan kichik biznes subyektlariga 517,6 milliard so‘m kredit ajratildi

2016-08-19 | Iqtisodiyot

Milliy matbuot markazida «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik-tijorat banki tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

42 filial, 48 minibank va 186 bank shoxobchasi orqali 692 mingdan ziyod mijozga bank xizmatlarini ko‘rsatib kelayotgan «Qishloq qurilish bank» tomonidan bu borada muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

2016-yilning yetti oyida bank tomonidan kichik biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga 517,6 milliard so‘m kreditlar, jumladan, mikrokreditlarga 152 milliard so‘m ajratildi. Raqobatbardosh iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishni kengaytirish, ichki iste’mol bozorini boyitish, yangi korxonalar ochish hamda mavjudlarini modernizatsiyalash, texnologik qayta jihozlashga yo‘naltirilgan kreditlar miqdori 212,4 milliard so‘mni tashkil etdi. 

2009-2015-yillar davomida investitsiyaviy loyihalarni moliyalashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani yanada rivojlantirish, xususan, qishloq joylarda zamonaviy uy-joylarni barpo etish maqsadlariga 4511,2 milliard so‘m miqdorida uzoq muddatli kreditlar, shundan bevosita iqtisodiyotning real sektorini qo‘llab-quvvatlash uchun 1183,7 milliard so‘m miqdorida investitsiya kreditlari ajratildi. 

2009-2016-yillar davomida bank tomonidan 32,6 million AQSh dollari miqdoridagi 7 kredit liniyasi jalb qilinib, mazkur mablag‘lar hisobidan 80 dan ortiq loyiha moliyalashtirildi. 

Prezidentimizning 2015-yil 21-sentabrdagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokidagi “O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilik sektorini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan jalb qilingan kredit liniyasi doirasida 2016-yilda amalga oshirilgan 17 loyihaga 8,6 million dollar miqdorida imtiyozli kreditlar berildi. 

Anjumanda bank tomonidan amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan istiqbolli loyihalar, bank faoliyatining kelgusidagi asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi. 

Поделиться