O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Andijon shahrida yosh oilalarga “Kamolot” uyi topshirildi
2016-08-19 | Jamiyat
Uch qavatli, 90 xonadondan iborat ikki, uch va to‘rt xonali uyda yosh oilalar uchun barcha qulaylik yaratilgan.
Prezidentimizning 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Andijon viloyatida ham ko‘p qavatli “Kamolot” uylari qurilib, ijtimoiy faol yosh oilalarga imtiyozli kredit evaziga, boshlang‘ich badalsiz berilmoqda. Bu vazifalarni tizimli amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentabrdagi “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori muhim omil bo‘layotir.
– Zamonaviy uyga ko‘chib o‘tganimizdan ota-onalarimiz ham, yaqinlarimiz ham juda xursand, – deydi yangi uy sohibi, “Yurt kelajagi” respublika ko‘rik-tanlovi g‘olibi Azizbek Uzoqov. – Bu uy oilamizga omad keltiradi. Yoshlarini e’zozlaydigan shunday yurt farzandi ekanimdan faxrlanaman. Vatanimiz mustaqilligining 25-yillik bayramini yangi uyda yangi orzular bilan nishonlaymiz.
Tadbirda Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov so‘zga chiqdi.