O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bektemir finalda, Murodjon bronza medal sohibi

2016-08-19 | Sport

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida davom etayotgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida bokschilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Bugun vazni 75 kilogrammgacha bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari o‘rtasidagi yarim final bellashuvida ringga chiqqan tajribali bokschimiz, o‘smirlar o‘rtasida jahon va Osiyo chempioni, II o‘smirlar Olimpiadasi g‘olibi, kattalar o‘rtasida Osiyo chempioni va jahon chempionati sovrindori Bektemir Meliqo‘ziyev meksikalik Misael Uziyel Rodrigezga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va oltin medal uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi. U hal qiluvchi bahsda kubalik Arlen Lopez bilan bellashadi. 

Vazni 56 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar bellashuvida ishtirok etgan sportchimiz Murodjon Ahmadaliyev Olimpiya o‘yinlarining bronza medalini qo‘lga kiritdi. 

Поделиться