O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sport, go‘zallik va birdamlik bayrami

2014-11-29 | Sport

Poytaxtimizdagi badiiy gimnastika bo'yicha bolalar-o'smirlar respublika ixtisoslashgan olimpiya zaxiralari sport maktabida xotin-qizlar o'rtasida "Gimnastika barcha uchun" an'anaviy musobaqasi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi, Madaniyat va sport ishlari, Xalq ta'limi vazirliklari, Respublika gimnastika federatsiyasi va "Sog'lom avlod uchun" xalqaro xayriya fondi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi kabi qator davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida tashkil etilgan musobaqada mamlakatimizning barcha hududlaridan 160 nafardan ziyod ishtirokchi g'oliblik uchun bahslashdi.

Musobaqa ochilishida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida xotin-qizlarning jamiyatdagi o'rni va nufuzini oshirish, huquq va manfaatlarini ta'minlash, ijodiy-intellektual, ma'naviy va jismoniy salohiyatini yuksaltirish, salomatligini mustahkamlash masalalariga doimiy e'tibor qaratilayotgani alohida ta'kidlandi.

Xotin-qizlar o'rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish oilalarda sog'lom muhit shakllanishiga, qizlarning har tomonlama barkamol bo'lib voyaga yetishiga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, sportning qizlarga mos turlarini rivojlantirish borasida olib borilayotgan keng ko'lamli ishlar samarasida sport bilan muntazam shug'ullanayotgan qizlar safi muttasil kengayib borayotgani quvonarlidir. Masalan, bugungi kunda 7 milliondan ziyod qiz sportga jalb etilgan bo'lsa, shundan 3 milliondan ortig'i sport bilan muntazam shug'ullanmoqda. Ular orasida badiiy gimnastika, sinxron suzish, kurash, tennis kabi sport turlari tobora ommalashmoqda.

Yurtimiz sportchi qizlarining xalqaro musobaqalarda erishayotgan natijalari ham yildan-yilga ortmoqda. Xususan, yaqinda Janubiy Koreyaning Incheon shahrida bo'lib o'tgan XVII Osiyo o'yinlarida sportchi qizlarimizning qo'lga kiritgan yutuqlari tahsinga loyiq.

Aholi, ayniqsa, xotin-qizlar o'rtasida badiiy va sport gimnastikasi, aerobika, akrobatika, trampolin, zamonaviy raqs va fitnes mashg'ulotlarini o'zida birlashtirgan gimnastrada ham tobora ommalashmoqda. Ushbu sport turi bo'yicha musobaqalarning muntazam tashkil qilinayotgani bunda muhim ahamiyat kasb etayotir. Bu jihatlar "Gimnastika barcha uchun" an'anaviy musobaqasida ham o'z ifodasini topdi.

Musobaqa ishtirokchilari orasida gimnastrada bilan muntazam shug'ullanayotgan sportchilar bilan birga maktab o'quvchilari, uy bekalari, korxona va tashkilotlar xodimlari ham borligi mamlakatimizda sport aholining barcha qatlami o'rtasida keng ommalashayotganidan dalolatdir.

– Gimnastika bilan muntazam shug'ullanaman, – deydi surxondaryolik Dilrabo Xoliqulova. – Bu kabi turnirlar o'z salohiyatimizni namoyish etish, sport orqali sog'lom turmush tarzi tamoyillariga amal qilishimizda muhim ahamiyatga ega. Kelajakda nufuzli musobaqalarda ishtirok etish niyatidaman.

Musobaqada jamoalar tayyorlagan kompozitsiyalar ijro mahorati, raqs va gimnastika elementlarini bajarish qobiliyati bo'yicha baholandi.

Namangan viloyatining "Fantaziya" jamoasi birinchi, Navoiy viloyatining "Qizilqum gavhari" jamoasi ikkinchi, Samarqand viloyatining "Samarqand yulduzi" jamoasi uchinchi o'rinni egalladi. Turli nominatsiyalar bo'yicha ham g'olib jamoalar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan munosib rag'batlantirildi.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo'mitasi raisi E.Bositxonova so'zga chiqdi.

Поделиться