23:11:00 (GMT+5)    09.04.2025

O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
YanvarFevralМарт
AprelMayIyun
IyulAvgustSentabr
OktabrNoyabrDekabr
Kalendar

Voqealar

Aprel 2025
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930    
       
Portalda yangilik
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>

Xitoyning yuqori aniqlikdagi raqamli intellektual datchiklar va chiplar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bilan memorandum imzolandi

2023-09-06 | Texnologiyalar

Raqamli texnologiyalar vazirligida Xitoy Xalq Respublikasi Shandun provinsiyasi Dechen Xalq Hukumati, “Dezhou Huake Semiconductor Co.” Ltd, “Bitmain Huake Semiconductor Research Institute Co.” qo‘shma korxonasi hamda Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy tadqiqot instituti vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yuqori aniqlikdagi raqamli intellektual datchiklar va chiplarni ishlab chiqarish bo‘yicha tadqiqotlar markazini tashkil etish va ushbu markazning kelgusidagi faoliyati muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda Raqamli texnologiyalar vazirligi, Xitoy Xalq Respublikasi Shandun provinsiyasi Dechen Xalq Hukumati, “Dezhou Huake Semiconductor Co.” Ltd hamda “Bitmain Huake Semiconductor Research Institute Co.” Qo‘shma korxonasi o‘rtasida Yuqori aniqlikdagi raqamli intellektual datchiklar va chiplarni ishlab chiqarish bo‘yicha tadqiqotlar markazini tashkil etish loyihasi doirasida memorandum imzolandi.

Eslatib o'tamiz, joriy yilning 10-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligida Xitoyning chip va datchiklar ishlab chiqaradigan Shandong Huake Semiconductor Research Institute Co kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi. Unda kompaniya vakillari tomonidan O‘zbekiston hududida yuqori aniqlikdagi raqamli intelektual datchiklar va chiplar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va ushbu mahsulotlarning xorijiy davlatlarga eksportini amalga oshirish maqsad qilinganligi ta’kidlangan edi

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться