Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov sohani rivojlantirishga doir bir qator taqdimotlar bilan tanishdi.
Jumladan, quyidagi masalalar yuzasidan taqdimotlar koʻrib chiqildi:
Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar institutida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar, sport mashgʻulotlarini olib borishni raqamlashtirish choralari, yoshlar bilan ishlash bo'yicha vazifalar ijrosi, yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikni oldini olish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish yuzasidan “Qoʻqon shahar“, ”Buxoro“ hamda ”Samarqand” viloyatlari tajribalari, shuningdek, bir qator qaror loyihalari boʻyicha taqdimotlar boʻlib oʻtdi.
Taqdimot yakuni boʻyicha Yoshlar siyosati va sport vaziri ushbu yoʻnalishdagi qoʻshimcha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi