O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Andijon viloyatida pillachilikni yanada rivojlantirishga e’tibor qaratilmoqda

2023-09-04 | Iqtisodiyot

Sentabr oyining ilk kunlarida Andijon viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Shuhrat G‘aniyev va Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov boshchiligida respublikadagi paxta-to‘qimachilik klasterlari, fermer xo‘jaliklari, pillani qayta ishlash korxonalari rahbarlari ishtirokida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda asosan pillachilik bo‘yicha 2024-yil hosilini yetishtirishni zamonaviy innovatsion texnologiyalar yordamida sifatli va samarali tashkil etish mavzusiga eʼtibor qaratildi.

Seminar qatnashchilari dastlab viloyatning Marhamat tumanidagi yangi tashkil etilgan “Ipak ko‘chat klaster” MChJga tashrif buyurishdi. Ushbu klasterda olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirish asnosida “In-vitro” biotexnologiya laboratoriyasi loyihasi bilan ham tanishildi.

Shuningdek, tadbirda aynan pillachilikka ixtisoslashgan klаsterlar negizida ipak qurtini boqish uchun tut plantatsiyalarini tashkil etish kabi mavzular ham atroflicha muhokama etildi. Pilladan yil davomida bir necha bor hosil olish bo‘yicha soha olimlarining taqdimotlari o‘tkazildi. Maʼlumki, jahon bozorida Xitoyning ipak tolasi sifati va yetishtirish texnologiyasining ilg‘orligi jihatidan birinchi o‘rinda turadi. O‘zbekistonda ham mana shunday serhosil pilla qurtini boqish va undan sifatli ipak tolasi olish bo‘yicha mutaxassislarning fikr-mulohazalari tinglandi. Shuni alohida aytish joizki, ushbu mo‘jazgina jonzotni  parvarishlashda yangi tashkil etilgan “Onalik bog‘i” va pilla qurtining “Yangi Andijon” hamda “Marhamat” navlarining taqdimoti ham o‘tkazildi. Darvoqe, ushbu pilla qurti navlarining afzalligi shundaki, ulardan yiliga 3-4 marotaba hosil olish mumkin.

Shuningdek, tadbirda pilla qurtlarini oziqlantirish borasida ham yangi tashabbuslar ilgari surildi.

Navbatdagi tashrif manzili Andijon viloyatining Jalaquduq tumanidagi “Harir tola” MChJ — pillani qayta ishlash korxonasi bo‘ldi. Bu yerda viloyatda yetishtirilgan pillani qayta ishlab, uni ipak ko‘rinishida eksportga yo‘naltirish yo‘lga qo‘yilgan.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari viloyatning Qo‘rg‘ontepa tumanida joylashgan “Uchqun” MFY hududidagi klasterda ham bo‘ldilar va bu yerda dehqonchilik, chorvachilikdan tashqari pillachilik ham yaxshi yo‘lga qo‘yilganiga guvoh bo‘lindi. Eʼtiborlisi, ushbu klaster bu yerdagi aholini ish bilan taʼminlab, qanchadan qancha oilalarning farovonligiga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Mutasaddilar mahalla ahlining turmush tarzi, ish bilan band etilganligi kabi jihatlar bilan ham batafsil tanishishdi, tarmoqlarni yanada kengaytirish va rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Поделиться