O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Buxoro shahrida
2023-08-10 | Ta’lim
"Bog‘chaga borgan bolaning ko‘zlari, madaniyati, bilimi, intilishi va dunyoqarashi boshqacha bo‘ladi” — Prezident

Ayni damda Buxoro viloyatida boʻlib turgan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Buxoro shahrida joylashgan 76-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida boʻldi.
Vazir mazkur ta’lim muassasasi faoliyati va bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Mashg'ulot jarayonlarida ishtirok etib, bolajonlar bilan suhbatlashdi.
Mazkur bogʻchaga belgilanganidan ortiq navbatda turish holati bo‘lgani sababli vazir keyingi yillarda mazkur ta’lim tashkiloti uchun qoʻshimcha bino qurib berish taklifini investitsiya dasturiga kiritish boʻyicha mas’ullarga ko'rsatma berdi.
Ma'lumot oʻrnida, Buxoro shahrida joylashgan 76-sonli davlat MMT 1969-yilda qurilgan boʻlib, unda ayni vaqtda 232 nafar bolajonlar ta’lim-tarbiya olishmoqda.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi