O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Aziz Abduhakimov BMT Jahon sayyohlik tashkiloti Bosh kotibi Zurab Pololikashvilini qabul qildi

2023-07-12 | Turizm

Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh kotibi Zurab Pololikashvili Oʻzbekistonga tashrif buyurdi.

Yuqori martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida UNWTOning 25-Bosh Assambleyasini Samarqand shahrida o'tkazish bo'yicha O'zbekiston hukumatining Tashkiliy qo'mitasi raisi o'rinbosari, Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov va Madaniyat va turizm vazirining Birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek A‘zamov kutib oldilar.

Tashrif davomida joriy yilning 16-20-oktyabr kunlari Samarqandda boʻlib oʻtadigan UNWTO Bosh assambleyasining yubiley 25-sessiyasiga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishish maqsad qilingan.  

Ta'kidlash joizki, ushbu keng koʻlamli tadbir doirasidа UNWTO Bosh kotibi Zurab Pololikashvilining tashabbusi bilan Samarqand shahriga “Jahon madaniy turizm poytaxti” maqomini berish toʻgʻrisida UNWTO Bosh Assambleyasining Maxsus rezolyutsiyasi qabul qilinishi rejalashtirilgan.

UNWTO delegatsiyasining Toshkent va Samarqandga tashrifi 16-iyulgacha davom etadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Поделиться