O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Women GAP in Tech davra suhbatida xotin-qizlarni IT sohasiga jalb qilish, qo‘llab quvvatlash va ularga davlat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi
2023-07-07 | Texnologiyalar
Toshkent shahrida Digital Leadership Forumi doirasida “Xotin-qizlarni IT sohasiga jalb qilish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jahon tajribasi” mavzusida Women GAP in Tech davra suhbati (Round table) tashkil etildi.
Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Zulayho Mahkamova, Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi Kamola Sobirova, “MasterCard” korporatsiyasi MDH mamlakatlari bo‘yicha maslahatchilar kengashi rahbari (AQSH) Esin Unal Yilmaz, Isroilning O‘zbekistondagi elchisi Zexavit Ben-Xillel, “EXADEL(AQSH) in Tashkent” direktori Yuliya Yakovleva, BMT ning O‘zbekistondagi mamlakat dasturi menejeri Ceren Guven Gures, AmCham O‘zbekistonning ijrochi direktori Tatyana Bistryushkina shuningdek, onlayn ravishda Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoati vazirining maslahatchisi Assem Nurgaliyeva ishtirok etdi.
Kun tartibida xotin-qizlarni IT sohasiga jalb qilish va qo‘llab-quvvatlash va xotin-qizlar uchun davlat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar va imkoniyatlar bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalar muhokama qilindi.
Davra suhbati davomida chet davlatlardan tashrif buyurgan mehmonlar fikrlari tinglandi va IT sohasida aksariyat hollarda ayol-qizlar duch keladigan muammolar muhokama qilinib, uning yechimi borasida bir qator takliflar o’rganib chiqildi.
Shu bilan birga, Women GAP in Tech davra suhbati ishtirokchilari O‘zbekistonda IT-sohasiga xotin-qizlarni jalb qilishda amalga oshirilayotgan ishlar, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Isroil kabi davlatlar tajribasi, gender tenglikni ta’minlash masalalari borasida amalga oshirilayotgan loyihalar va kelgusi rejalar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi