O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yoshlar muammolari hal etilmoqda
2023-07-04 | Yoshlar
“Mahalladan vazirlikkacha” tizimida vazirliklar va ularning hududiy bo‘linmalariga 5 toifadagi tarbiyasi og‘ir bo‘lgan jami 18908 nafar yoshlar biriktirilgan.
Jumladan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi yordami bilan ularning 40 nafari hayotda o‘z yo‘llarini topishga harakat qilmoqda.
Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Ikki buloq” dam olish maskanida vazirlikka biriktirilgan yoshlarning 30 nafari bilan uchrashdi.
Yosh avlodning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish va bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘rgatish va ish bilan ta’minlash, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, qo‘llab-quvvatlash borasidagi amaliy ishlarning navbatdagisi samimiy muloqot tarzida kechdi.
Dastlab yoshlar dam olish maskanida stol tennisi musobaqalarida kuch sinashgan bo‘lsa, keyin yoshlar yetakchilari bilan birgalikda har bir yoshning bundan bir necha oy avvalgi holati va bugungi kundagi ijobiy o‘zgarishlar haqida fikr almashildi.
Amaliy muloqotlarning yakunida yoshlarning Qishloq xo‘jaligi vaziri bilan samimiy uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuvda yoshlar ularga berilayotgan e’tibordan mamnun ekanligi, o‘z hayot yo‘lini topishi, biznes-rejalarini amalga oshirishdagi ko‘makdan xursand ekanliklarini e’tirof etishdi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi