O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turkiyada O‘zbekistonning Yoshlar kuni keng nishonlanmoqda

2023-06-28 | Yoshlar

Mamlakatimizda keng nishonlanayotgan 30 iyun Yoshlar kuniga bag‘ishlangan tadbirlar Turkiyadagi yosh fuqaro va talabalarimiz ishtirokida ham bo‘lib o‘tmoqda.

Sana munosabati mamlakatimizning Turkiyadagi Elchixonasi tashabbusi bilan Turkiyaning Bursa shahrida “Yangi O‘zbekiston yoshlari” konsert dasturi tashkil etildi.  Mamlakatimizning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi, Bursa shahridagi faxriy konsulxonamiz va Bursaning O‘roxon G‘oziy tuman hokimligi hamkorligida o‘tkazilgan bayram tadbiriga Turkiyada bo‘lib turgan yosh vandoshlarimiz, talaba va o‘quvchi yoshlar taklif etildi.

Tadbir avvalida Elchixonamiz vakillari so‘zga chiqib, yoshlarni bayram bilan qutladi. O‘tgan vaqt mobaynida mamlakatimizda yoshlar siyosati borasida amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berib o‘tildi. Turkiyadagi yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarga to‘xtalindi. Tadbir davomida diplomatlar vatandoshlarimiz va yosh o‘g‘il-qizlarga ezgu tilaklarini bildirdi.

Mamlakatimizdan kelgan “Mohi Tobon” guruhi ishtirokidagi konsert dasturi o‘zbek yoshlari bilan birgalikda, ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Tadbir nihoyasida yoshlarimiz uchun o‘zbek milliy taomlari tortiq etildi.

30 iyun – «Yoshlar kuni»ga bag‘ishlangan tadbirlar Anqara va Istanbul shaharlaridagi vatandoshlarimiz ishtirokida ham bo‘lib o‘tmoqda.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться