O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2023-06-22 | Ta’lim
20-iyun kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov raisligida vazirlikning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik mutasaddilari, oliy taʼlim muassasalari rahbarlari bevosita va masofadan ishtirok etdi.

Yig‘ilishda oliy taʼlim muassasalarida 2023/2024-o‘quv yili uchun qabul jarayonlariga tayyorgarlik, kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi. Shuningdek, 2023/2024-o‘quv yilida talabalarni turar joy bilan taʼminlash masalasi ko‘rib chiqildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi