O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turkiy davlatlar tashkiloti AKT sohasiga mas’ul vazirlarning navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2023-06-21 | Texnologiyalar

20-iyun kuni Turkiy davlatlar tashkilotining axborot va kommunikatsiya texnologiyalariga mas’ul vazirlarining navbatdan tashqari onlayn shakldagi yig’ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev ishtirok etdi.

Yig’ilishda qatnashgan O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X.Shermatov O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan keng qamrovli ishlar, shu jumladan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish doirasida raqamli infratuzilma, IT-industriya, elektron hukumat, IT-ta’limni rivojlantirishda erishilgan natijalar, O‘zbekistonni IT-Xabga aylantirish borasidagi faoliyat, kelgusi rejalar va ushbu yo‘nalishlarda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish yuzasidan nutq so‘zladi.

Onlayn yig‘ilishda tomonlar mavjud ishchi guruhlar doirasida raqamli infratuzilma, elektron hukumat va elektron xizmatlar hamda kiberxavfsizlikni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться