O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qishloq xoʻjaligida dronlardan foydalanish kengaytiriladi

2023-06-20 | Jamiyat

Iqtisodiyotning koʻplab sohalarida samaradorligi yuqori boʻlgan uchuvchisiz parvoz apparatlari (dronlar) va dron materiallaridan foydalanishga qiziqish ortmoqda.

Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Qaxramon Yuldashev Koreya Respublikasining Yer, infratuzilma va transport vazirligi hamda Geospatial Information Co. Ltd. kompaniyasi rahbar va mutaxassislaridan iborat delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda oʻtgan hafta Koreya-Oʻzbekiston “Drone Road Show 2023» koʻrgazmasi muvaffaqiyatli oʻtgani, unda Koreyaning 6 ta yetakchi kompaniyasining turli yoʻnalishlardagi dronlari, ishlab chiqariladigan mahsulot va koʻrsatiladigan xizmatlari namoyish etilgani aytildi. Shuningdek, agrar sohada qishloq xoʻjaligi yerlarini monitoring qilish, raqamli xaritalar hamda 3D-modellarni yaratish, dronlardan foydalangan holda aniq dehqonchilikni rivojlantirish, mazkur sohada mutaxassislarni tayyorlash masalalari, qolaversa, kompaniyalar bilan ikki tomonlama hamkorlik oʻrnatish boʻyicha ijobiy natijalarga erishilgani taʼkidlandi.

Shu bilan birga, respublikada qishloq xoʻjaligi sohasida monitoring va “sprey” dronlar, ashyolar interneti, 3D geografik axborot tizimlari, sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish, qonunchilik bazasini takomillashtirish va mazkur yoʻnalishlarda kadrlar tayyorlashni rivojlantirish boʻyicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha Anglashuv memorandumi imzolandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Поделиться