O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hayot fanlari festivali – agrar va biologiya fanlari uyg‘unligi

2023-06-16 | Iqtisodiyot

Bugun Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida “Hayot fanlari festivali” ish boshladi. 

Festival tarzida o‘tayotgan Toshkent Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetining “ochiq eshiklar kuni” hayot haqidagi fanlar – tirik organizmlar va hayot jarayonlarini o‘rganishga bag‘ishlangan yangicha formatdagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, Toshkentdagi Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti tomonidan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), BMT Taraqqiyot dasturi va boshqa tashkilotlar ko‘magida tashkil etildi.

Tadbirni ochar ekan, Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov tadbir ishtirokchilarini qutlab, respublika agrar sohasi oldida turgan vazifalarga to‘xtaldi.

Jumladan, vazir respublika qishloq xo‘jaligida sohaning barqaror ekologik rivojlanishiga, yerdan foydalanish samaradorligini oshirishga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashni rivojlantirishga va tarmoqning investitsion jozibadorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar o‘tkazilayotganini qayd etdi.

Qishloq xo‘jaligi rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari sifatida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, raqobatbardosh va yuqori sifatli qishloq xo‘jaligi tovarlarini ishlab chiqarish, hududlarni rivojlantirish, tarmoqni raqamlashtirish milliy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda tarmoqning barqaror rivojlantirish kabilarni keltirib o‘tdi.

Festival “hayot fanlari” deb nomlangani bejiz emas – unda qamrab olingan ilmiy-amaliy yo‘nalishlar aynan inson va tabiatning barhayotligi va ravnaqini o‘rganadi: Qishloq xo‘jaligi, Biologiya, Biotexnika, Bioinformatika, Biolingvistika, Ekologiya, Oziq-ovqat fani, Genetika, Geonomika, Immunologiya, Sog‘liqni saqlash fanlari, Mikrobiologiya, Fiziologiya va boshqalar.

Shu jihatdan, festival yuqoridagi yo‘nalishlarda oliy ma’lumotli bo‘lishga intilgan bir inson uchun, shuningdek, hayot haqidagi fanlar yo‘nalishida o‘qiyotgan talabalar, ilm-fan vakillari, soha mutaxassislari uchun qiziqarli bo‘lmoqda.

Tadbirning birinchi kunida “Yaxshi hayot uchun innovatsiyalar” ko‘rgazmasida robotlar va avtomatlashtirilgan mashinalar, zamonaviy qurilmalar va yangi texnologiyalar, shuningdek laboratoriya tajribalari taqdim etildi. “Sifatli ta’lim va muvaffaqiyatli martaba” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etilib, unda abiturientlar Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetining faoliyati hamda xorijdagi o‘quv kurslari uchun ariza taqdim etish yo‘l-yo‘riqlari bilan tanishdilar, karera bo‘yicha maslahatlar oldilar. Shuningdek, turli mavzularda seminarlar tashkil etildi.

Jurnalistlar ham chetda qolmadi – Qishloq xo‘jaligi vazirligi aholi va mutaxassislarning qishloq xo‘jaligi sohasidagi tendensiyalardan xabardorligini oshirish va sohani ommalashtirish maqsadlarida, agrar sohaga oid eng yaxshi ijodiy ishlar uchun tanlov e’lon qildi.

Qiziqarli tadbirlarga boy o‘tayotgan “Hayot fanlari festivali” ertaga o‘z ishini davom ettiradi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Поделиться