O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yangi mahsulotlar yetishtirish o‘zlashtirilmoqda

2023-06-13 | Iqtisodiyot

13-iyun kuni Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Toshkent viloyati Toshkent tumanida joylashgan “AGRO IMPEX GOLD” xususiy korxonasiga qarashli issiqxona faoliyati bilan tanishdi.

Jarayon davomida vazir Aziz Voitov Gollandiya texnologiyasi asosida jihozlangan issiqxonadagi texnikalar samaradorligi bilan qiziqdi. Bundan tashqari 10 gektar maydonga ekilgan golubika o‘simligining hosildorlik ko‘rsatkichlariga ham ahamiyat berildi.

Mazkur issiqxona 2019-yilda barpo etilgan. Loyihaning umumiy qiymati 4,5 mln AQSH dollarini tashkil etadi. Issiqxonaning 4 gektar maydoniga pomidor ekilgan bo‘lsa, qolgan 10 gektar maydon golubika uchun ajratilgan.

Bugungi kunda golubika dunyo bozoridagi eng qimmat rezavor hisoblanadi. Shu tufayli uni yetishtirish hajmini oshirish O‘zbekiston iqtisodiyotiga faqat foyda olib keladi.

Bu borada mutaxassislar uni boshqa davlatlarga eksport qilishda uzun transport yo‘llari va qimmat logistika O‘zbekistonga xalaqit bera olmasligini aytishadi.

Shuningdek, golubikani Osiyo bozorlari: Xitoy, Gonkong, Singapur, Malayziya, Vetnamga eksport qilish ayniqsa manfaatli.

“AGRO IMPEX GOLD” xususiy korxonasiga qarashli issiqxonada ham 2022-yil davomida umumiy qiymati 85 ming AQSH dollari miqdoridagi golubika eksporti amalga oshirilgani diqqatga sazovordir.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Поделиться