O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro avtomobil yo‘llari tarmog‘i rivojlanmoqda

2023-06-13 | Iqtisodiyot

Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida A-380 “G‘uzor – Buxoro – Nukus – Beyneu” avtomobil yo‘lining 228-315 km (87 km) qismini sement-beton qoplamasi bilan rekonstruktsiya qilish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mazkur yo‘l E-40 raqamli Yevropa hamda AN-63 raqamli Osiyo avtomagistralining O‘zbekiston hududidan o‘tadigan muhim xalqaro yo‘lagidir.

Ushbu loyiha doirasida 2 tasmali asfaltbeton qoplamali avtomobil yo‘li 4 tasmali sementbeton qoplamali avtomobil yo‘liga o‘tkazilmoqda. Natijada avtomobil yo‘lining o‘tkazuvchanlik qobiliyati 3 barobarga oshadi. Yo‘l qoplamasining xizmat qilish muddati 30 yilga yetkaziladi.

Loyihaning amalga oshirilishi natijasida Buxoro va Xiva, Buxoro-Nukus yo‘nalishlarida turizm oqimi 2,5 barobarga oshishiga, shuningdek, mamlakatimiz hududidan o‘tadigan Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturi (CAREC) transport yo‘lagiga kirgan ikkinchi xalqaro transport yo‘lagining xalqaro tranzit tashuvchilari uchun jozibadorligi oshishiga erishiladi.

Manba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi

Поделиться