O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Samarqand Turkiy davlatlar tashkiloti mamlakatlari taʼlim vazirlarining uchrashuviga hozirlik ko‘rmoqda
2023-06-12 | Ta’lim
13-14 iyun kunlari Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti taʼlim vazirliklari ishchi guruhlarining 9-yig‘ilishi hamda tashkilotga aʼzo mamlakatlar taʼlim vazirlarining 7-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Mamlakatimizning Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi ushbu tadbirning tashkilotchilari hisoblanadi.
Unda O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘izistonning taʼlim vazirlari, Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi hamda Xalqaro turkiy akademiya prezidentining maslahatchisi ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.
Uchrashuv ishtirokchilari mamlakatlarning taʼlim va fan sohasidagi hamkorligini muhokama qiladilar.
Qayd etish joizki, Turkiy davlatlar tashkiloti taʼlim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish uchun katta salohiyatga ega. Bugungi kunda ushbu sohadagi integratsiya muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Innovatsion iqtisodiyot va mamlakatlar taraqqiyoti, umuman olganda, ilm-fan va taʼlimga tayanadi. Turkiy davlatlar tashkiloti uchun bu masala katta qiziqish uyg‘otadi. Nizom hujjati – Naxichevan bitimida ilm-fan va texnika, taʼlim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish Turkiy davlatlar tashkilotining asosiy maqsad va vazifalari sifatida ko‘rsatilgan.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi