O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yoshlar oyligi doirasida “Job Fest” – IT sohasidagi bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi

2023-06-09 | Texnologiyalar

Bugun, 9-iyun kuni Toshkent shahridagi IT-Park hududida joylashgan Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida yoshlar oyligi doirasida “Job Fest” – IT sohasidagi bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarka ertaga ham davom etadi.

Ushbu yarmarkada 50 dan ortiq yirik IT kompaniyalari tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari, zamonaviy kadrlarga malaka talablari hamda kompaniyalar bo‘yicha ma’lumotlar taqdim qilinadi. Mehnat yarmarkasiga Oliy ta’lim muassasalari talabalari, maktab bitiruvchilari va ish topish istagidagi yoshlar taklif etilgan.

Shuningdek tadbirda, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etib, yoshlar oyligi doirasida ushbu yarmarkalarni tashkil etishgan maqsad va vazifalari, hurmatli Prezidentimiz tomonidan yoshlarni IT bo‘yicha ta’lim olishiga keng imkoniyatlar yaratib berayotganini alohida ta’kidladi.

Tadbir doirasida Edufest festivali ham bo‘lib o‘tdi. Unda IT sohasida o‘qitadigan ta’lim muassasalari, nufuzli o‘quv markazlari va IT Parkning ta’lim rezidentlari ishtirok etishdi.

Farzandini IT sohasida o‘qitmoqchi bo‘lgan ota-onalar, kelajakda IT sohasida mutaxassis bo‘lish istagidagi yoshlar uchun bu ajoyib imkoniyat.

Bundan tashqari tadbirning ikkinchi kunida Startup Battle tanlovi bo‘lib o‘tadi. Unda shaxsiy startap loyihalariga ega yoshlar o‘rtasida musoboqa tashkil qilinadi. G‘oliblar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Yoshlarga yangi imkoniyatlar va kelajakdagi maqsadlarga erishishlarida motivatsiya berish uchun taniqli soha mutaxassislari tomonidan “Muvaffaqiyatli IT kasb kaliti” mavzusida konferensiyada seminarlar tashkil qilinadi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida joriy yilning 22-fevral kuni tarmoq va sohalarda hamda hududlarda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarni IT ga o‘qitish, shuningdek, IT sohasiga keng jalb qilish hamda zamonaviy kasblarni egallashlari uchun shart-sharoitlar yaratish vazifasi belgilangan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться