06:01:47 (GMT+5)    14.03.2025

O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
YanvarFevralМарт
AprelMayIyun
IyulAvgustSentabr
OktabrNoyabrDekabr
Kalendar

Voqealar

Март 2025
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      
Portalda yangilik
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>

Para velosport: Osiyo chempionatida 7 ta medal qoʻlga kiritildi

2023-06-09 | Sport

Tailanda para velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi.

Eʼtiborlisi, unda ishtirok etgan terma jamoamiz aʼzolari yakunda 5 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza, jami 7 ta medalga sazovor boʻldi. Jumladan, erkaklar oʻrtasida Azimbek Abdullayev (C5 klass), Gʻolib Mirzayorov (S2 klass), Aziz Otaxoʻjayev (T1 klass) oltin, Bunyod Xaytmaxammadov (S1 klass) kumush hamda Abror Artiqov (S2 klass) bronza medalini qoʻlga kiritgan boʻlsa, ayollar oʻrtasida esa Odina Hamdamova (T2 klass) va Fotima Soipovaga (T1 klass) teng keladigan raqib topilmadi.

10 dan ortiq davlatdan 100 ga yaqin sportchi ishtirok etgan ushbu Osiyo chempionati yakunida Oʻzbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 3-oʻrinni egalladi.

Taʼkidlash kerakki, qitʼa birinchiligida shohsupaga koʻtarilgan para velosportchilarimiz Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlariga ham muhim reyting ochkolarini qoʻlga kiritdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться