O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turkiyada o‘tkazilgan xalqaro turizm va madaniyat festivalida O‘zbekiston taqdim etildi

2023-06-08 | Turizm

Joriy yilning 2-4 iyun kunlari Turkiyaning Alaniya shahrida 21-xalqaro turizm va madaniyat festivali bo'lib o'tdi.

Tadbirda O'zbekistonning Anqaradagi elchixonasi, Istanbuldagi Bosh konsulxonasi, "O'zbekiston madaniyati, birdamlik va hamkorlik jamiyati" hamda Alaniyadagi O'zbekiston diasporasi vakillari birgalikda mamlakatimiz tarixi, madaniyati, boy urf-odati, so'nggi vaqtlarda amalga oshirilayotgan investision va turizm sohalaridagi islohotlarni qatnashchilarga etkazish maqsadida O'zbekiston ko'rgazma maydonini tashkil etishdi.

Mazkur festival 2002 yildan boshlab har yili Alaniya shahrida o'tkazib boriladi. Unda turli davlatlardan 100 mingdan ortiq mahalliy aholi va xorijlik sayyohlar ishtirok etishadi.
Festival hududida O'zbekistonga bag'ishlangan ko'rgazma tashkil etildi. Unda mamlakatimizning iqtisodiy, investisiyaviy va turizm salohiyatini aks ettiruvchi materiallar tarqatish barobarida, taqdimotlar namoyish qilindi. 

Shuningdek, tadbirda o'zbek xalqining milliy liboslari, boy milliy merosi namoyish etish bilan birga O'zbekistondan tashrif buyurgan "Moxi makon" guruhi ijrosida O'zbekistonning milliy qo'shiq va raqslari taqdim etildi.

Festival tashkilotchilari hamda ishtirokchilari O'zbekiston madaniyati va san'atiga katta qiziqish bildirishdi. Ayniqsa o'zbek xalqining go'zal urf-odatlaridan biri bo'lmish milliy nikoh marosimi haqidagi teatrlashtirilgan sahna namoyishi Turkiya va Evropadan tashrif buyurgan ishtirokchilarning olqishlariga sazovor bo'ldi.

Mehmonlar O'zbekistonning milliy pazandachilik namunalari, xususan palov tayyorlanish jarayoni bilan tanishdilar hamda somsa, patir, holva va boshqa taomlarimizdan bahramand bo'lishdi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться