O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Mukarrama Turg‘unboyeva tavalludining 110 yilligi munosabati bilan raqs festivali o‘tkazildi
2023-06-01 | Madaniyat
Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan joriy yilning 29-may kuni Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida O‘zbekiston xalq artisti Mukarrama Turg‘unboyeva tavalludining 110 yilligi munosabati bilan raqs festivali o‘tkazildi.
Festivalda O‘zbekiston davlat filarmoniyasining ashula va raqs ansambllari hamda “Bahor” davlat raqs ansambli, “Navro‘z”, “ Tumor”, “Toshkent zebolari” raqs ansambllarining raqqosa qizlari faol ishtirok etdilar.
Shuningdek, mazkur festivalda vazirlik tasarrufidagi Respublika xoreografiya akademiyasi, kollejlar, ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich maktab-internatlar, ixtisoslashtirilgan maktab internatlarning o‘quvchilari M.Turg‘unboyeva sahnalashtirgan raqslari bilan qatnashdilar.
30 may kuni festivalda faol ishtirok etgan qizlarni Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari B.Axmedov vazirlikning maxsus diplomi bilan taqdirladi.
Shuni takidlash joizki, mazkur festivalda 20 dan ziyod ishtirokchidan 16 nafar yosh iqtidor egalari o‘z iste’dodlarini katta sahnada, ustozlari ko‘z o‘ngida ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldilar.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi