O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Nukus va Urganchdagi harbiy qismlarning texnik-ta’minot masalalari o‘rganildi
2023-06-01 | Xavfsizlik sohasi
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining qurollanish va qurollantirish boʻyicha oʻrinbosari polkovnik Alisher Narbayev operativ dala safari bilan Shimoli-gʻarbiy harbiy okrugga tashrif buyurdi.
Tashrif rejasiga muvofiq, vazir oʻrinbosari tomonidan Nukus va Urganch garnizonidagi harbiy qism va muassasalarning texnik-taʼminot masalalari muhokama qilinib, yangi namunadagi taʼminot boʻyicha batafsil maʼlumotlar yetkazildi.
Shuningdek, Nukus garnizoni Maʼnaviyat va maʼrifat markazi binosida mudofaa vaziri oʻrinbosari hamda Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni ishtirokida boshqaruv apparati harbiy xizmatchilari, harbiy qism komandirlari bilan yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda harbiy texnika va qurol-aslahalarning jangovar shayligini taʼminlash, ularni soz holatda saqlashda koʻrsatilayotgan texnik xizmatlarning ahamiyati, har bir komandir, har bir harbiy xizmatchi oʻziga biriktirilgan qurol-yarogʻ va harbiy texnika uchun masʼul ekanligi taʼkidlandi hamda tegishli koʻrsatmalar berildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi