O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
2023-05-31 | Jamiyat
Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismda “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi.
Unda Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug Janubiy operativ qoʻmondonligi boshligʻi oʻrinbosari polkovnik Alisher Shirinov, Mudofaa vazirligi korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazoart boʻlimi bosh mutaxasisi Muzaffar Akramov, Surxondaryo viloyat mudofaa ishlar boshqarmasi, shahar va tumanlarida xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchilar hamda Qurolli Kuchlar ishchi-xizmatchilari ishtirok etdi.
Tadbirda bugungi kunda korrupsiya va tamagirlikka qarshi murosasiz kurash olib borilayotganiga qaramay ayrim mansabdor shaxslar tomonidan oʻz vazifasini suiisteʼmol qilish, poraxoʻrlik holatlari uchrayotgani qayd etilib, uning salbiy oqibatlari va buning uchun jazo muqarrarligi haqida atroflicha maʼlumot berildi. Korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi qonunchilikdagi yangiliklar, bu yoʻnalishda mudofaa sohasida olib borilayotgan keng koʻlamli ishlarga toʻxtalib oʻtildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashda rahbarlarning masʼuliyati katta ekani taʼkidlanib, jamoada sogʻlom muhitni yaratish bevosita ularning birlamchi vazifasi ekanligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Yigʻilish yakunida tadbir ishtirokchilariga tamagirlik holatlariga mutlaqo yoʻl qoʻymaslik va korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash olib borishda faol boʻlishlari toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi