O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bolajonlar bayram arafasi harbiy qism mehmoni bo‘ldi

2023-05-31 | Jamiyat

Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi Navoiy garnizonida joylashgan harbiy qismda 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni tantanali nishonlandi.

Harbiy qism boʻylab bolajonlar quvonchi uchun xizmat qiladigan bayram sahnasi, attraksionlar, rassomlar shaharchasi, hunarmand bolajon, shaxmat va shashka singari bir-biridan qiziqarli va foydali maskanlar yaratildi. Tashkil etilgan konsert dasturlari va bayram dasturxonlari ertamiz egalariga haqiqiy bayram kayfiyatini ulashdi.

Insonparvar va adolatli jamiyatni barpo etishning zarur shart-sharoiti sifatida bolalarning yashash huquqini, fikr va eʼtiqod erkinligini, taʼlim va dam olish hamda boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish huquqlarini hurmat qilish, murgʻak qalblarni jismoniy va psixologik zoʻravonliklardan, bolalar mehnati ekspluatatsiyasidan himoya qilish zarurligini eslatib turadi.

Shu bois, Kattaqoʻrgʻon garnizonidagi harbiy qismda ham bayram munosabati bilan harbiy xizmatchilarning farzandlari oʻrtasida sportning suzish turi boʻyicha musobaqa tashkillashtirildi. Ushbu musobaqadan koʻzlangan maqsad bolajonlarning taʼtilini yanada maroqli oʻtkazishlaridan iboratdir.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

Поделиться