O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Singapur hamkorlik agentligi vakillari bilan uchrashuv
2023-05-31 | Iqtisodiyot
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi mutaxassislari Singapur hamkorlik agentligi (SCE) ning Janubi-Sharqiy Osiyo, Markaziy Osiyo va xalqaro hamkorlik bo‘yicha direktori Erik Li hamda uning boshqaruv bo‘yicha o‘rinbosari Deyzi Bun bilan uchrashdi.
O‘zbekiston-Singapur biznes-forumida “Yashil iqtisodiyot bo‘yicha tadbirkorlik va faoliyatni rivojlantirish to‘g‘risida”gi hamkorlik kelishuvi imzolangan edi. Uchrashuvda ushbu kelishuvning tashkiliy masalalari muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun, SCE Singapurning 16 ta vazirligi va 60 dan ortiq qonuniy kengashlari bilan birgalikda xorijiy hukumatlarning ehtiyojlariga mos yechimlarni aniqlash va ularning iqtisodiy rivojlanish maqsadlariga erishishda yaqindan yordam beradi.
Tashkilot O‘zbekistonga savdo, sarmoya va infratuzilmani rivojlantirish kabi masalalarda maslahat va ko‘mak ko‘rsata oladi.
Bundan tashqari, SCE bilan hamkorlik O‘zbekistonning xalqaro obro‘sini oshirishga va yurtimizning jahon iqtisodiyoti bilan yanada integrasiyalashuviga katta hissa qo‘shadi.
Uchrashuvda O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanish maqsadlariga erishishda davom etar ekan, SCE bu yo‘ldagi alohida o‘ringa ega hamkor bo‘lib qolishi alohida ta’kidlandi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi